Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimlari xizmat safari doirasida Zangiota tumani, O‘rtaovul shaharchasida joylashgan “OSTIM-Global Turk Klasteri Direksiyasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 Tashrif davomida klaster hududida yaratilgan zamonaviy infratuzilma, ishlab chiqarish quvvatlari, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda samarali boshqaruv tizimi o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, sanoat zonalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasida o‘zaro fikr almashildi.
🤝 Mazkur ekskursiya tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish hamda kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.