+998 88 016 20 25
Logo
Bosh sahifaYangiliklarNormativ hujjatlarE-TenderE-AuksionRahbariyatAloqa
←Yangiliklarga qaytish

Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Yangiliklar7-sentabr, 2026

Galereya

Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 2
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 3
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 4
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 5
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 6
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 7
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 8
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 9
Bosh vazir o‘rinbosari "Saidovul" sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi. - 10
Kecha Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Abduxakimovich Xodjayev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘rtachirchiq tumanidagi "Saidovul" kichik sanoat zonasiga tashrif buyurib, hududdagi investitsion loyihalar va ishga tushirilgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya "Chemplant" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yuqori sifatli zamonaviy bo‘yoq va qoplama materiallari (kraska) ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdi. Loyihaning quvvati, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari hamda xalqaro standartlarga mos ekologik xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘rganishlar davomida quyidagi ustuvor masalalar muhokama qilindi: Infratuzilma ta’minoti: Sanoat zonasidagi elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va tashqi logistika tarmoqlarining bugungi holati; Yangi investitsiyalar: Hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan boshqa kichik ishlab chiqarish quvvatlari, omborxona majmualari va tayyor bino-inshootlar; Tadbirkorlarga sharoitlar: Bo‘sh turgan yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar. Mas’ullarga tadbirkorlarning muammolarini tezkor hal etish va ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.