+998 88 016 20 25
Logo
Bosh sahifaYangiliklarNormativ hujjatlarE-TenderE-AuksionRahbariyatAloqa
←Yangiliklarga qaytish

TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI

Yangiliklar12-sentabr, 2026

Galereya

TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 2
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 3
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 4
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 5
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 6
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 7
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 8
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 9
TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI - 10
🏭 **TOSHKENT VILOYATI SANOAT ZONALARINI BOSHQARISH DIREKSIYASIDA MAXSUS SEMINAR O‘TKAZILDI** Toshkent viloyati Sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi direktori **Shohrux Shoahmedov** tashabbusi bilan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish, sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish hamda yangi imkoniyatlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan **maxsus seminar** tashkil etildi. 📌 **Seminar davomida 3 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha taqdimot va tushuntirishlar berildi:** **1️⃣ Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish** Seminarning birinchi qismida Direksiya yuriskonsulti, seminar spikeri **Zohid Jalilov** tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘rganish, huquqiy masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi. **2️⃣ Infratuzilma va yer maydonlarini auksionga chiqarishning yangi tartibi** Direktor o‘rinbosari **Bahrom Yunusov** tomonidan sanoat zonalarida infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlar hamda yer maydonlarini **yangi tartib asosida auksion savdolariga chiqarish bosqichlari** batafsil tushuntirib berildi. **3️⃣ Direksiyaning yangi axborot platformasi taqdimoti** Seminarning yakuniy qismida Direksiyaning **yangi axborot platformasi** taqdimoti o‘tkazildi. Asosiy maqsad — tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, shaffoflikni ta’minlash va sanoat zonalarida investitsiya hamda tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yanada kengaytirish.