+998 88 016 20 25
Logo
Bosh sahifaYangiliklarNormativ hujjatlarE-TenderE-AuksionRahbariyatAloqa
Yangiliklarga qaytish

Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada

Yangiliklar10-iyun, 2026

Galereya

Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 2
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 3
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 4
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 5
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 6
Toshkent viloyati sanoat zonalari delegatsiyasi Turkiyada - 7
Toshkent viloyati sanoat zonalari xodimlari hamda viloyat hokimligi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safari bilan boʻlib turibdi. Tashrifning asosiy manzillaridan biri — Turkiya sanoatining yuragi hisoblangan Anqara shahridagi nufuzli “OSTIM Global” turk sanoat klasteri ofisi boʻldi. Tashrif doirasida: Xalqaro tajriba: Sanoat zonalarini boshqarish, infratuzilmani rivojlantirish va klaster tizimini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha Turkiya tajribasi yaqindan oʻrganildi. Yangi investitsiyalar: Toshkent viloyatida zamonaviy sanoat klasterlarini tashkil etish va turkiyalik investorlarni hududiy loyihalarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Malaka oshirish: Mahalliy mutaxassislarimizning boshqaruv koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi.